AsosiyDunyo

Zelenskiy: Rossiya bu yil neftdan kamida 37 milliard dollar zarar koʻradi

Rossiya neft qazib olish va qayta ishlash hajmidagi pasayish tufayli joriy yilda 37 milliard dollardan ortiq zarar koʻradi.

'Zelenskiy: Rossiya bu yil neftdan kamida 37 milliard dollar zarar koʻradi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neft qazib olish va qayta ishlash hajmidagi pasayish tufayli joriy yilda 37 milliard dollardan ortiq zarar ko‘radi.

Zelenskiy o‘z murojaatida Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenkoning hisobotiga tayanib, Rossiyada neft qazib olish va qayta ishlash hajmi keskin kamayganini bildirdi.

Uning aytishicha, bu pasayish nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.

“Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neft sanoatidagi inqiroz chuqurlashmoqda. Bu yilgi zarar kamida 37 milliard dollarga teng bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, G‘arb davlatlari tomonidan joriy etilgan sanktsiyalar ham o‘z samarasini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Zelenskiy ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo‘lgan energetika sohasidagi bosim ortib bormoqda va bu, oxir-oqibat, Kremlning urush olib borish imkoniyatlarini cheklaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirgʻizistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab uzib oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:17

    'Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:47

    Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi

    Mamlakatda 1990 yildan beri ilk bor poliomielit virusi izlari topildi.

    'Trump AQSH tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik "shatdaun"ni yakunladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:28

    Trump AQSH tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik "shatdaun"ni yakunladi

    Qonun kuchga kirishi bilan "shatdaun" davomida maoshsiz qolgan davlat xizmatchilari ishga qaytdi va to'lanmagan oyliklari ularga qoplab berildi.

    'Xitoyda yaqinda ochilgan koʻprikning bir qismi quladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:06

    Xitoyda yaqinda ochilgan koʻprikning bir qismi quladi

    Xitoyning Sichuan viloyatida yaqinda foydalanishga topshirilgan Hongqi ko'prigining bir qismi quladi.

    'O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab shaxsiy bank kartasi ochish mumkin bo‘ladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:37

    O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab shaxsiy bank kartasi ochish mumkin bo‘ladi

    Adliya vazirligi bank kartalarini chiqarish va ulardan foydalanish tartibini yangiladi.

    '18 yoshli Braziliyalik futbolchi ukasining tasodifiy o'qi natijasida halok bo'ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:04

    18 yoshli Braziliyalik futbolchi ukasining tasodifiy o'qi natijasida halok bo'ldi

    "Araguaina"ning 20 yoshgacha bo‘lganlar jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan va mahalliy musobaqalarda ishtirok etgan.