AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o‘tmish - umumiy kelajak

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o'tmish - umumiy kelajak" mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari tarixchilari II forumi bo'lib o'tmoqda.

'Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o‘tmish - umumiy kelajak'ning rasmi

Forum "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy-ma'rifiy meros – umumiy kelajak" xalqaro kongressi doirasida o‘tkazilmoqda.

Bu yilgi forum Markaziy Osiyo davlatlari tarixchilarining ilmiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, tarix fanining integratsiyalashuvi va umumiy ilmiy yo‘nalishlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjonning fanlar akademiyalari, tarix institutlari hamda yetakchi olimlari ishtirok etmoqda.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov moderatorlik qildi. Shuningdek, Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Isa Habibbeyli, Qirg‘iziston Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Kanatbek Abdurahmanov, Tojikiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Muhammad Dovud Qayum Salomiyon, Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasi rahbarlari hamda Turkmaniston madaniyat sohasi vakillari so‘zga chiqdi.

Tabrik so‘zlarda Markaziy Osiyo xalqlarining yagona tarixiy ildizlari, ma'naviy merosi va ilm-fan an'analari haqida fikrlar bildirilib, tarix fanini yangi tahlil va hamkorlik asosida rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi.

Forum yalpi majlis hamda ikki sho‘’ba majlisidan iborat bo‘lib, unda qator ilmiy mavzular muhokama etildi.

Birinchi – "Markaziy Osiyo moddiy madaniyati va ma'naviy merosi" sho‘’basida arxeologiya, me'moriy yodgorliklar, islom davri madaniyati, xalqlarni birlashtiruvchi ilmiy an'analar haqida ma'ruzalar tinglandi.

Ikkinchi – "Markaziy Osiyo tarixi: o‘tmishdan zamonaviylik sari" sho‘’basida tarixiy manbalarni o‘rganish, Ipak yo‘lining tsivilizatsiyalararo ahamiyati, jadidchilik harakatlari va mintaqadagi fan-ta'lim integratsiyasi kabi masalalar muhokama qilindi.

Forum doirasida ilmiy muassasalar o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar, arxeologik ekspeditsiyalar va tarixiy manbalarni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Anjumanda so‘zga chiqqan olimlar Markaziy Osiyo tarixi yagona tsivilizatsion jarayon ekanini ta'kidlab, bugungi fan oldidagi asosiy vazifa – umumiy tarixiy hujjatlar va manbalarni yangi ilmiy yondashuvlar asosida tahlil etish ekanini qayd etdilar.

Tadbirda XIX–XX asr boshlaridagi ma'rifatparvarlik harakatlari, diniy-ma'rifiy munosabatlar, fan va ta'limdagi yaqinlashuv, jahon ilm-fani bilan integratsiya masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Tarixchilar II forumi – Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilmiy salohiyati, tarixiy tafakkuri va ma'naviy yaqinligini yana bir bor namoyon etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 16:19

    Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 14:38

    Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

    'Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 13:14

    Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.

    Bunga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

    'Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 12:02

    Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi

    Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida qiymati 26 million dollarlik bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    'Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 10:52

    Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

    Арманистон бош вазири Никол Пашинян ва унинг фуқаролик никоҳидаги турмуш ўртоғи Анна Акопян биргаликдаги ҳаётига якун ясаганини маълум қилди.

    'Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 10:12

    Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi

    O‘zbekiston Premer-ligasining “O‘zbekiston” klubi rahbari Asadbek Jumayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bahsli intervyusidan so‘ng jamoatchilikdan uzr so‘radi.