AsosiySport

Lazizbek Mullajonov 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Olimpiada chempionining testida taqiqlangan modda aniqlandi.

'Lazizbek Mullajonov 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi'ning rasmi

Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping qoidalarini buzgani uchun 3 yilga musobaqalardan chetlatildi.

Xalqaro test agentligi (ITA) ma'lumoticha, bokschi 2025 yil 11 iyun kuni topshirgan namunasida taqiqlangan metasteron metabolit moddasi aniqlandi.

Metasteron — Jahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan anabolik steroid bo'lib, mushak massasini va kuchni oshiradigan moddalar qatoriga kiradi.

Sportchi qarorga e'tiroz bildirmagani sabab, uning jazo muddati 4 yil emas, 3 yil etib belgilandi.

Mullajonovning diskvalifikatsiyasi 2025 yil 22 iyuldan 2028 yil 21 iyulgacha amal qiladi. Shuningdek, 2025 yil 11 iyundan 22 iyulgacha bo'lgan barcha natijalari bekor qilindi.

26 yoshli bokschi 2024 yilgi Olimpiadada 92 kg vaznda oltin medal, 2023 yilgi jahon chempionatida esa bronza medalni qo'lga kiritgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun O‘zbekiston MTJ Muhammad Salah boshchiligidagi Misrga qarshi bahs olib boradi'ning rasmi

    Sport Bugun 11:18

    Bugun O‘zbekiston MTJ Muhammad Salah boshchiligidagi Misrga qarshi bahs olib boradi

    Ushbu uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

    '"Galatasaroy" futbolchisi pul tiklash mojarosi sabab terma jamoadan chetlatildi'ning rasmi

    Sport Bugun 10:43

    "Galatasaroy" futbolchisi pul tiklash mojarosi sabab terma jamoadan chetlatildi

    Turkiyada futbolchilar orasidagi noqonuniy pul tikish bo‘yicha keng qamrovli tergov davom etmoqda.

    'Yamal Ispaniya terma jamoasidan chiqarildi'ning rasmi

    Sport 12.11.2025 11:38

    Yamal Ispaniya terma jamoasidan chiqarildi

    "Barselona" futbolchisi Lamin Yamal tibbiy muolajadan so'ng Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tusha olmaydi.

    'Kapadze Indoneziya milliy jamoasida ish boshlashi mumkin'ning rasmi

    Sport 11.11.2025 19:23

    Kapadze Indoneziya milliy jamoasida ish boshlashi mumkin

    U indoneziyalik sport tahlilchisi Effendi Gazali bilan suhbatda Indoneziya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini ma'lum qilgan.

    'Temur Kapadze Oʻzbekiston terma jamoasiga xayrlashuv maktubi yozdi'ning rasmi

    Sport 10.11.2025 19:32

    Temur Kapadze Oʻzbekiston terma jamoasiga xayrlashuv maktubi yozdi

    Bu yillar hissiyotlar, gʻalabalar va unutilmas tajribalar bilan toʻla boʻldi — Kapadze