AsosiyJamiyat

Sirdaryoda va Andijonda soliqchi, Samarqandda MIB xodimi pora bilan ushlandi

Ushbu korrupsion holatlar yuzasidan jinoyat ishi ko'zgatilib, ikki kishi qamoqqa olingan.

'Sirdaryoda va Andijonda soliqchi, Samarqandda MIB xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

DXX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, joriy yil 7 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori Sirdaryo tumanida faoliyat yurituvchi MCHJda o‘tkazilayotgan tekshiruv jarayonida soliqdan 400 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik borligini anıqlaydi.

Ta’dim etilgan hujjatlar asosda, bunday holatlar uchun aslida qonunchilikda ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lsa-da, o‘zining beminnat yordamini taklif etgan Soliq boshqarmasi sho‘‘ba boshlig‘i, bosh inspektor bilan kelishgan holda ushbu qarzdorlikni 90 mln so‘mgacha kamaytirib berishni va’da qiladi. 

U "xolis" xizmat evaziga 1.500 dollar miqdoridagi pulni olgan vaqtida DXX va Prokuratura xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, soliq qarzdorligini aytilgan summaga kamaytirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan tegishli dalolatnomani jamiyat rahbariga bergan vaqtida bosh inspektor ham prosessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur soliq xodimlariga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi "v" va "g" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Navbatdagi holatda, Andijon viloyati Soliq boshqarmasining bo‘lim inspektori viloyatning Ulug‘nor tumanida quyosh panellari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJning yuridik manzilini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv olib boradi. Natijada, u MCHJ tegishli manzilda faoliyat yuritmayotgani, hisobotda ko‘rsatilgan qoldiqdagi tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha bir qator nomutanosibliklar borligini anıqlaydi. U holatga oid dalolatnoma rasmiylashtirib, jamiyatning bank hisob raqami orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yadi.

Ammo ushbu soliq inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, anıqlangan kamchiliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasini rasmiylashtirmaslik hamda bank hisob raqamiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashini aytib, MCHJ hisobchisidan 500 AQSh dollari talab qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmati, Soliq qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliq idorasi xodimi 

6 mln so‘m ekvivalentidagi pul mablag‘ini o‘zining qarindoshlariga tegishli 2 ta bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Boshqa bir holatda esa, Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining javobgar shaxsga nisbatan bank tomonidan belgilangan 117 mln 804 ming so‘m qarzdorlikni bank foydasiga undirish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan ijro varag‘ani sud tizimida ishlovchi tanishlari orqali bekor qilishni va’da qiladi.

Shuningdek, u sud ishni ko‘rib chiqqanligi uchun belgilangan davlat bojidan go‘yoki ozod qilish, javobgarning avtotransport vositasiqa qo‘yilgan taqiqni olib tashlashini ham aytib, evaziga 500 AQSh dollarini berishini so‘raydi. U talab qilgan pul mablag‘ini o‘zining tanishi orqali olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Byroning viloyat boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik sho‘‘basi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda davlat ijrochisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmokda. 

    Boshqa yangiliklar