AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya migratsiya qoidalarini keskin qat' iylashtirmoqda

Noqonuniy kelganlar doimiy yashash uchun 20 yil kutishga majbur bo‘ladi.

'Buyuk Britaniya migratsiya qoidalarini keskin qat' iylashtirmoqda'ning rasmi

Buyuk Britaniya hukumatı noqonuniy migratsiyani jilovlash maqsadida yangi tartiblarni joriy etmoqda. Yangi qonunga ko‘ra, mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kelib, boshpana so‘raganlar doimiy yashash huquqi uchun arizani faqat 20 yil yashagandan keyingina topshirishi mumkin bo‘ladi.

Ichi ishlar vaziri Shabana Mahmudning aytishicha, yangi qoidalar qayiq, yuk mashinalarida kelgan yoki viza muddati tugaganidan keyin boshpana so‘rab murojaat qilganlarni qamrab oladi. Shu bilan Britaniya yashash guvohnomasi uchun eng uzoq kutiladigan Yevropa davlatiga aylanadi. Hozirgacha bu borada yetakchilik 8 yillik talab bilan Daniyaga tegishli edi.

Yangi tartib qonuniy kelgan boshpana izlovchilarga ham ta‘sir qiladi: ular doimiy yashash uchun 10 yildan keyin murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Boshpana so‘ragan, biroq ishlashni istamaydigan yoki qonun buzgan shaxslar moddiy yordam, ijtimoiy uy-joy va nafaqalardan mahrum etilishi ham ko‘zda tutilgan. Qochqin maqomi esa har 30 oyda qayta ko‘rib chiqiladi va xavfsiz deb topilgan davlatlardan kelganlar o‘z yurtiga qaytariladi.

Vazirning ta‘kidlashicha, agar noqonuniy migratsiyaga nisbatan qat‘iy choralar ko‘rilmasa, mamlakat ichkarisida bo‘linish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

2025 yil yanvar va iyun oylarida 111 ming kishi Britaniyadan boshpana so‘ragan. Faqat yilning birinchi choragidayoq 172 mingdan ortiq shaxsga yashash uchun ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar