Tadbir Vatanimiz ramzi bo‘lgan muqaddas bayroq‘imizga hurmat, xalqimizning birdamligi va davlat ramzlariga sadoqatini ifoda etgan yorqin voqea sifatida tarixga muhurlandi.



Harbiy orkestrning jo‘shqin kuylaridan iborat manzara tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi.





Fotoreportajimizda siz aynan mana shu lahzalarni — bayroq hilpiragan har bir daqiqadagi g‘urur, saf tortganlarning chehrasidagi ishonch, harbiylarning qat’iy qadamlaridagi mas’uliyat va bolalar ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rasiz.


Bugungi parad nafaqat tarixiy sanaga bag‘ishlangan tadbir, balki xalqning ma’naviy birdamligini, mustaqillik qadriyatlariga sadoqatini va kelajak sari dadil qadam tashlayotgan O‘zbekiston obrazini yana bir bor yorqin namoyon etdi.












