AsosiySport

O'zbekiston Italiyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi

Shu tariqa bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlarining jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi.

'O'zbekiston Italiyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi'ning rasmi

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qatarda o'tayotgan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida Italiyaga 2:3 hisobida yutqazdi.

Birinchi taym Italiyaning tashabbusi ostida o'tdi. 19-daqiqada Tomas Kampaniyello darvozabon Ibrahim Shokirov qaytargan to'pga birinchi bo'lib yetib keldi va darvozani ishg'ol qildi.

Ikkinchi taymda teng kurashlar kuzatildi. 56-daqiqada Amirxon Murovov burchak zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi.

O'yin taqdirini qisqa fursatdagi xatolar hal qildi. 68- va 70-daqiqalarda Kampaniyello va Idrissa himoyachilar xatosidan foydalanib, o'z jamoasiga g'alaba keltiruvchi gollarni urdi.

Songgi daqiqalarda Azizbek Erimbetov hisobni qisqartira oldi xolos.

Shu tariqa bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlarining jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston bugun Eronga qarshi finalda maydonga tushadi'ning rasmi

    Sport Bugun 13:52

    O'zbekiston bugun Eronga qarshi finalda maydonga tushadi

    Cannavaro shogirdlari Al-Aynda xalqaro turnir gʻolibligi uchun kurashadi.

    'Portugaliya Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha FIFA'ga shikoyat kiritmoqchi'ning rasmi

    Sport 17.11.2025 17:30

    Portugaliya Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha FIFA'ga shikoyat kiritmoqchi

    Portugaliya futbol federatsiyasi Kristianu Ronalduning Irlandiyaga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani ortidan uning JCh–2026ning ilk o‘yinida maydonga tushishi uchun FIFAga rasmiy murojaat tayyorlamoqda.

    'JCh U-17: O'zbekiston Xorvatiyani mag'lub etib 1/8 final bosqichiga chiqdi'ning rasmi

    Sport 15.11.2025 23:15

    JCh U-17: O'zbekiston Xorvatiyani mag'lub etib 1/8 final bosqichiga chiqdi

    O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi YCh 1/16 final bosqichida Xorvatiyani musobaqadan chiqarib yubordi.

    'Bugun O'zbekiston MTJ Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi'ning rasmi

    Sport 15.11.2025 09:57

    Bugun O'zbekiston MTJ Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi

    O‘yin O‘zbekiston vaqti bilan 20:45 da boshlanadi.

    'Lazizbek Mullajonov 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi'ning rasmi

    Sport 14.11.2025 18:18

    Lazizbek Mullajonov 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

    Olimpiada chempionining testida taqiqlangan modda aniqlandi.

    'Bugun O‘zbekiston MTJ Muhammad Salah boshchiligidagi Misrga qarshi bahs olib boradi'ning rasmi

    Sport 14.11.2025 11:18

    Bugun O‘zbekiston MTJ Muhammad Salah boshchiligidagi Misrga qarshi bahs olib boradi

    Ushbu uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.