AsosiyJamiyat

Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi

Go‘ada o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi–2025 chorak finalida Javohir Sindorov va Nodirbek Yo‘qubboyev raqiplarini mag‘lub etdi va tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi bir vaqtning o‘zida yarim finalga chiqdi.

'Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi'ning rasmi

Hindistonning Goa shahridagi chorak final bahslarida Nodirbek Yo‘qubboyev germaniyalik Aleksandr Donchenkoni klassik partiyalarda 1,5:0,5 hisobida yengib, yarim finalga yo‘l oldi. Javohir Sindorov esa meksikalik Xose Martinesga qarshi kechgan bahslarda klassik o‘yinlarni durang bilan yakunlab, rapid tay-brekda 3,5:2,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa yarim finalda Sindorov va Yo‘qubboyev o‘zaro kuch sinashadi. Bu o‘zbek shaxmat tarixida ilk bor qayd etilayotgan hodisa – kamida bir o‘zbekistonlik shaxmatchi finalga chiqishi aniq.

FIDE Jahon kubogi amaldagi jahon chempionini aniqlamaydi, biroq musobaqadagi dastlabki uch o‘rin 2026 yilgi da’vogarlar turniriga yo‘llanma beradi. Demak, eng kamida bir o‘zbek shaxmatchisi tarixda birinchi marta ushbu nufuzli turnirda ishtirok etadi. Agar 3-o‘rin uchun bahs hisobga olinsa, har ikki shaxmatchi ham yo‘llanma olishi mumkin.

Yarim final uchrashuvlari 21–22 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Juftliklar: — Javohir Sindorov (O‘zb.) – Nodirbek Yo‘qubboyev (O‘zb.) — Andrey Esipenko (Rus.) – Vey Li (Xitoy).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi

    DHX va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro viloyatida 343 gramm simobni 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi.

    '“Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:26

    “Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi

    Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

    'Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 19:56

    Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi

    Moskva viloyatida qor-soqov erkakni kaltaklab o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrant yengillatilgan ayblov asosida 1 yil shartli jazo oldi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga ot'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 19:22

    Surxondaryoda 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga ot

    Hodisa oqibatida Toshkent tibbiyot universitetining Termiz filialida 2 bosqichda o‘qiyotgan talaba voqea joyida halok bo‘lgan.

    'Toshkentda narkosavdogar oila a'zolaridan 8 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 18:57

    Toshkentda narkosavdogar oila a'zolaridan 8 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

    Hozirda ularga nisbatan JKning 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    '"Ekopolitsiya": tabiatga zarar yetkazganlarga endi kechirim yo‘q'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 14:35

    "Ekopolitsiya": tabiatga zarar yetkazganlarga endi kechirim yo‘q

    O'zbekistonda ekologik nazorat kuchaytiriladi.