Isroil Mudofaa kuchlarining ma'lum qilishicha, zarbalar Livan janubidagi “Hizbulloh”ning harbiy ob'ektlariga qaratilgan. Harbiy samolyotlar Sur shahri atrofidagi ikki aholi punktiga havo hujumi uyushtirgan.
Livan tomoni Berğan Deyr-Kifa va Shuhur aholi punktlari hujumga uchraganini tasdiqlagan, ammo talafotlar haqida hali rasmiy ma'lumot berilmagan.
18 noyabr kuni kechqurun Isroil Livandagi Sayda shahrida joylashgan Ayn-al-Hilve qochqinlar lagerini ham havadan o'qqa tutgan — hujum natijasida 13 kishi halok bo'lgan.
Shuningdek, Isroil aviatsiyasi Aynata va Tayr-Felsay shaharlariga ham zarbalar bergani haqida ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2024 yil 27 noyabrda imzolangan o't ochishni to'xtatish kelishuviga qaramay, Isroil uni 4,5 ming marta dan ortiq buzgan. Bunday hujumlar oqibatida yuzlab tinch fuqarolar halok bo'lgan va jarohatlangan.
Eslatib o'tamiz, Isroilning Livanga qarshi amaliyotlari 2023 yil oktyabridan beri davom etib kelmoqda va 2024 yil sentyabrida keng ko'lamli urushga aylangan. Qonli to'qnashuvlar natijasida 4 mingdan ortiq odam halok bo'lib, 17 mingga yaqin kishi jarohat olgan.
Isroil hozirgacha Livan hududida egallab turgan 5 ta tepalikni o'z nazoratida saqlab turibdi.






