O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yengilliklar tasdiqlandi.
2026 yil 1 fevraldan boshlab, mamlakati-mizga kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistondan chiqib ketar ekan, o‘zlari xarid qilgan tovarlar uchun to‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘ini istakka ko‘ra naqd pul ko‘rinishida qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, bu tizim turizm sohasidagi raqobatbardoshlikni oshirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratish va mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha impuls berishni maqsad qiladi.
Prezident tomonidan turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi tashabbuslar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va sohani strategik tarmoq sifatida yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.






