AsosiySPORT

Marokashning tezkor goli Shotlandiyani mag‘lub etdi

O'zbekistonlik hakam boshqargan uchrashuvda taqdirni bitta gol hal qildi.

'Marokashning tezkor goli Shotlandiyani mag‘lub etdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati “C” guruhi 2-turida Marokash terma jamoasi Shotlandiyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Foksboro shahridagi “Jillett” stadionida bo'lib o'tgan va o'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqargan uchrashuvdagi yagona gol 2-daqiqada kiritildi. Ismoil Saybari raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Qayd etilishicha, ushbu gol hozircha JCh—2026 musobaqasidagi eng tezkor gol bo'lib turibdi.

Mazkur natijadan so'ng Marokash hisobida 4 ochko jamg'arildi. Guruhning hal qiluvchi 3-tur bahslari 25 iyun kuni o'tkaziladi. Unda Shotlandiya Braziliyaga qarshi, Marokash esa Gaitiga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar