G20 sammitida DW'ga intervyu bergan kansler Fridrix Mersning aytishicha, Berlin Donald Trampning 28 banddan iborat «tinchlik rejasi»ni o‘tgan juma kuni ilk bor ko‘rgan. Mers shu kuni reja yuzasidan Trampning o‘zi bilan suhbatlashganini aytdi.
U Germaniyaning Ukrainaning suverenitetini to‘liq qo‘llashini ta'kidlab, rejaning qaysi qismi Yevropa, AQSh, Ukraina va Rossiya tomonidan bir xil qabul qilinishi mumkinligini o‘rganish davom etayotganini bildirdi. Uning fikricha, 27 noyabrgacha barcha 28 bandni kelishish amri mahol.
Mers rejaning Rossiyaning Ukrainaga yo‘naltirilgan aktivlari foydasining yarmini AQShga berish haqidagi bandini ham keskin tanqid qildi. «Bryusseldagi muzlatilgan Rossiya aktivlarini amerikaliklarga to‘lash mumkin emas», — deydi u.






