Sanaadagi Maxsus jinoyat sudi 22 noyabr kuni "josuslik guruhlari" ishi bo‘yicha hukm e’lon qilib, Isroil va g‘arbiy ittifoqchilar nomidan ma’lumot to‘plaganlikda ayblangan 17 nafar yamanlikni jamoat joyida otib o‘ldirishga qaror qildi. Yana bir erkak va ayol 10 yilga qamaldi, yana bir kishi esa ayblovlardan oqlandi.
Prokurorlar ayblanuvchilarni 2024–2025 yillarda AQSh, Isroil, Sauudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilganlikda ayblamoqda. Sud hukmiga ko‘ra, ular apellyatsiya berishi mumkin.
Al Jazeera’ning yozishicha, "Mossad" ayblanayotganlar bilan aloqa o‘rnatib, bir qator harbiy va fuqarolik ob’yektlariga zarbalar berilganiga sabab bo‘lgan. Oqibatda o‘nlab odamlar halok bo‘lib, infrastrukturalar jiddiy zararlangan.
2023 yilda G‘azodagi urush avaji jadallashganidan keyin AQSh va Buyuk Britaniya Yamanda husiylar pozitsiyalariga havo zarbalari bergan edi. Husiylar esa falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Isroilga va Qizil dengiz tranzitiga hujumlar uyushtirgan.
Kelishuvdan keyin hujumlarni to‘xtatganiga qaramay, Isroil avgust oyida Yamanda yirik havo zarbalari amalga oshirgan va husiylar bosh vaziri Ahmad ar-Rahoviyning halok bo‘lganini tasdiqlagan edi.






