O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun orqali mamlakat Global konvensiyani (Parij, 2019) rasman ratifikatsiya qildi.
Buning natijasida O‘zbekistonda berilgan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar 38 ta davlatda tan olinishi mumkin.
Konvensiyaga muvofiq, ishtirochi davlatlar o‘z milliy qonunchiligi asosida boshqa davlatlarda berilgan oliy ta’lim malakalarini adolatli ravishda tan olishga majbur.
Tan olish rad etilishi faqat ta’lim standartlari o‘rtasida muhim farqlar bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Global konvensiyaga a’zo bo‘lgan ilk davlat bo‘ldi.






