AsosiyDunyo

BAAda qoʻlga olingan Interpol qidiruvidagi 3 nafar oʻzbekistonlik vatanga topshirildi

Og‘ir jinoyatlar sodir etishda gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro BAAdan O‘zbekistonga olib kelindi.

'BAAda qoʻlga olingan Interpol qidiruvidagi 3 nafar oʻzbekistonlik vatanga topshirildi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, Toshkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolari o'rtasidagi yaqin hamkorlik natijasida xalqaro qidiruvda bo'lgan uch nafar shaxs qo'lga olingan va O'zbekiston Respublikasiga topshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, ular mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy xarakterdagi jinoyatlar bo'yicha qidiruvda bo'lgan.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar va hamkorlik mexanizmlarining kuchayishi jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish bo'yicha amaldagi ko'rsatkichlarning oshishiga xizmat qilmoqda.

"Ushbu shaxslar endi sud oldida javob beradi", — deyiladi vazirlik axborotida.

    Boshqa yangiliklar