Markaziy bank e’loniga ko‘ra, asosiy xorijiy valyutalar bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar qayd etildi: yevro 19,81 so‘mga pasayib, 13 749,39 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli 0,51 so‘mga arzonlashib, 151,05 so‘m etib belgilandi. Xitoy yuani esa 5,96 so‘mga tushib, 1 678,38 so‘mni tashkil qildi.
Oltinning 1 gramm narxi 21 600 so‘mga qimmatlashib, 1 mln 655 ming 600 so‘mga yetdi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, 26 noyabr soat 16:00 holatida bitcoin kursi 8 mln 606 ming 561 so‘mga tushgan va 1 mlrd 35 mln 438 ming 15 so‘m qiyatda qayd etilgan.






