Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026–2028 yillar uchun byudjetnoma loyihasida kartoshka chipslariga yangi aksiz solig‘i kiritishni taklif qildi. Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab tayyor 1 kilogramm chips uchun 15 ming so‘m aksiz undirilishi rejalashtirilmogda. Soliq mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda chips import qiluvchilar tomonidan to‘lanadi. Vazirlik bu tashabbus Jahon sog‘ligni saqlash tashkiloti tavsiyalari va Sog‘ligni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflari asosida ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Shuningdek, boshqa davlatlarning ushu yo‘nalishdagi tajribasi ham o‘rganilgan.






