AsosiyDunyo
8701

Xudkush bola “shahidlar maktabi”da qanday ta`lim olgani haqida gapirib berdi

Iroq polisiyasi voyaga etmagan, shahidlar kamarini taqib olgan Mahmud Ahmadiyni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

14 yoshli bola portlash sodir etishi, bir qancha odamlarning o`limiga sabab bo`lishi kerak bo`lgan joydan bir necha metr narida qo`lga olindi.

“Portlash sodir etishim kerak bo`lgan joyga kelganimda u erda o`ynab yurgan yosh bolalarga ko`zim tushdi va qilayotgan ishim noto`g`riligini tushundim. Shunda ortimga qaytib, portlashni buyurgan odamga bu ishni qilolmasligimni aytdim, ammo u mendan buyruqni bajarishni talab qilib, bu narsa komandirimiz Abu Islomning farmoyishi ekanligini aytdi. Yana izimga qaytdim, shunda polisiya meni qo`lga oldi”, - deb hikoya qildi Ahmad.

Ahmadning ma`lumot berishicha, “Shahidlar maktabi”dagi terrorchilar   buyruqni bajarmasa, o`lim bilan qo`rqitishgan. Agar u xudkushlik qilib, o`zini portlatsa, jannatga tushishiga ishontirishgan. 

“Bolalar xalifat lageri” da mendan tashqari yana yuzga yaqin o`smirlar bor, ularga quroldan foydalanish o`rgatiladi, o`limdan keyingi “jannat” haqidagi filmlar namoyish qilinadi”, dedi Ahmad.

Boshqa yangiliklar