Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat rezidensiyasida KXSTga a’zo davlat rahbarlari uchun etnomadaniy dastur tashkil etildi. An’anaviy “Qirgʻiz oyili” majmuasi mehmonlarga qirgʻiz xalqining turmush tarzi, milliy hunarmandchilik va madaniy merosi bilan tanishtirildi.
Yurtalar, milliy buyumlar va xalq hunarmandlarining asarlari namoyish etilgan tadbirda yetakchilarga qoʻl mehnati bilan tayyorlangan panno va milliy musiqiy asboblar ham sovgʻa qilindi.
Ekskursiya chogʻida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yosh qomuzchi ijrosiga qiziqish bildirib, musiqiy asbobni qoʻliga oldi hamda u koʻrsatgan bir nechta akkordlarni takrorlab koʻrishga harakat qildi.






