AQSh Prezidenti Donald Trumpga 2020 yilgi saylovlarga aralashgani uchun Jorjiya shtatida qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilindi. Jorjiya shtati prokurori Piter Skandalakisning aytishicha, amaldagi prezidentning sudda ishtirok etishi amalda mumkin emas va ishni davom ettirish “foydasiz” hisoblanadi.
Prokurorning ta’kidiga ko‘ra, sud ham ayblovlarni bekor qilish qarorini ma’qullagan. Trumpning advokati Stiven Sadow buni qo‘llab, ish umuman ochilmasligi kerakligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Trump 2021 yilda Fanni Uillis tomonidan boshlangan tekshiruv doirasida Jorjiyada saylov natijalarini o‘zgartirishda ayblangan edi. 2023 yilda Trump va yana 18 kishi Jorjiyaning korrupsiyaga qarshi qonunini buzishda ayblandi. Shu ish chog‘ida u qisqa muddatga hibsga olingan, 20 daqiqadan keyin qo‘yib yuborilgan.
2020 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan beri Trump to‘rtta jinoyiy ishga duch kelgan, ularndan biri – aynan shu Jorjiya ishi edi.






