AsosiyDunyo

Irlandiya aholi o'sishi va migratsiya bosimi fonida qoidalarni keskin kuchaytirdi

Yangi tartiblar boshpana izlovchilar, muhojirlar va fuqarolikka talabgorlar uchun qator cheklovlarni joriy etadi.

'Irlandiya aholi o'sishi va migratsiya bosimi fonida qoidalarni keskin kuchaytirdi'ning rasmi

Irlandiya hukumatining aholi o‘sishi va boshpana so‘rovlarining rekord darajada ko‘payishi tufayli migratsiya va boshpana qoidalarini qat'iyalashtirishni ma'lum qildi.

Adliya vaziri Jim O'Kallaganga ko‘ra, aholining 1,6 foizlik yillik o‘sishi — Yevropa Ittifoqi o‘rtacha ko‘rsatkichidan etti baravar yuqori — uy-joy va davlat xizmatlariga jiddiy bosim o‘tkazmoqda.

2025 yil apreliga kelib Irlandiya aholisi 5,46 millionga yetdi. Sof migratsiya 2022 yildan beri ikki baravar oshib, yiliga o‘rtacha 72 ming kishini tashkil etmoqda.

Bu ishlashga ruxsatnomalar, oilalarni birlashtirish va ukrainalik qochqinlarning kelishi bilan izohlanadi. 2024 yilda boshpana so‘rovlari 18 651 tagacha ko‘tarilib, rekordni yangiladi.

So‘nggi yillarda boshpana izlovchilar soni ortishi bir necha norozilik aksiyalari va tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. O‘tgan oy Dublin yaqinida mingga yaqin namoyishchi politsiya bilan to‘qnashgan edi.

Yangi keskin qoidalar

Hukumat tasdiqlagan islohotlar Irlandiya migratsiya tizimidagi eng katta o‘zgarishlardan biri sifatida tavsiflanmoqda. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Ishlayotgan boshpana izlovchilar davlat tomonidan ta'minlanadigan turar joy xarajatlariga o‘z daromadining 10–40 foizini to‘laydi. Chora 7 500 kishiga ta'sir qiladi.

YEIdan tashqaridagi qarindoshlarni chaqirish uchun arizachilar yiliga kamida 44 000 yevro daromadga ega bo‘lishi va talabga mos uy-joy ko‘rsatishi shart.

Qochqinlar uchun fuqarolik olish talabi uch yildan besh yilga oshiriladi. Uzoq muddat ijtimoiy nafaqa olganlar esa istisno qilinadi.

Davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki og‘ir jinoyat sodir etgan muhojirlar boshpana maqomidan mahrum qilinishi mumkin.

Hukumatning aytishicha, chorahar aholining keskin o‘sishi fonida davlat resurslarini muhofaza qilish va tizimni barqarorlashtirishga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Javohir Sindorovga uy sovgʻa qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:07

    Prezident Javohir Sindorovga uy sovgʻa qildi

    Bunga prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

    'Nukusda yangi "Karakalpak Palace Hotel" foydalanishga topshirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:43

    Nukusda yangi "Karakalpak Palace Hotel" foydalanishga topshirildi

    Loyiha hudud tadbirkorlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar evaziga amalga oshirildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:47

    'Xitoyda sinov poyezdi 11 ishchini bosib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:42

    Xitoyda sinov poyezdi 11 ishchini bosib ketdi

    Yunnon provinsiyasida yuz bergan hodisada yana ikki kishi jarohat olgan.

    'Ronaldo jamoadoshlariga qimmatbaho soatlar sovg'a qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:37

    Ronaldo jamoadoshlariga qimmatbaho soatlar sovg'a qildi

    Har bir soatning qiyinati 280–400 ming dollariga baholangan.

    'Trumpga qarshi Jorjiada qoʻyilgan ayblovlar bekor qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:07

    Trumpga qarshi Jorjiada qoʻyilgan ayblovlar bekor qilindi

    Prokuratura ishni davom ettirish "natija bermasligini" ma'lum qildi.