Imanakunovning ta'kidlashicha, poytaxtda tirbandlik tobora kuchayib borayotgani bois shahar yuqoriga qarab o'sishi zarur. Uning fikricha, 100 o‘rinli eski binolar o‘rnida 500 o‘rinli ko‘p qavatli uylar qurilishi aholi zichligini oshirishi mumkin.
“Bishkek poytaxt, biz o‘sishimiz kerak. Agar toza havo va erkinlik istasangiz — qishloqqa yoki qamoqxonaga boring”, — dedi rasmiy.
Imanakunov Prezident Sadir Japarovning mintaqalarda uy-joy sharoyitlarini yaxshilash siyosati to‘g‘ri ketayotganini ham qayd etdi.
Shu kunlarda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev transport vazirligidagi ehtimoliy korruptsiya bo‘yicha keskin tanqid bildirgan va ayblovlar isbotlansa, mas'ullar jazolanishini aytgandi.






