AsosiyDunyo

Gonkongda yirik yong‘in ortidan 13 kishi halok bo‘ldi

Hodisadan keyin 700 ga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.

'Gonkongda yirik yong‘in ortidan 13 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Euronews’ning xabar berishicha, halok bo‘lganlarning to‘qqiz nafari voqea joyida, to‘rt nafari esa shifoxonaga yetkazilganidan so‘ng vafot etgan. Bino ta’mirlash maqsadida bambukli to‘siqlar bilan o‘ralgani sababbi alanga qisqa fursatda bir necha qavatga tarqalgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 128 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 57 ta tez yordam mashinasi safarbar etilgan. Yong‘in xizmati direktori Endi Yeung hodisa qurbonlari orasida bir o‘t o‘chiruvchi ham borligini, yana biri issiqlik urishidan davolanayotganini ma’lum qildi.

Politsiya binolarda qolib ketganlar haqida ko‘plab murojaatlar olgan. Tuman kengashi a’zosi Lo Hyu-fungning aytishicha, ularning aksariyati keksa yoshli fuqarolar bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, majmua sakkiz blokdan iborat bo‘lib, taxminan 2000 xonadon va 4800 nafar aholini o‘z ichiga oladi. Ko‘chirilganlar uchun vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:06

    Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

    Microsoft asoschisi Jeffri Epshteyn bilan munosabatlari bo‘yicha izoh berib, yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaganini tan oldi va uzr so‘radi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:33

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.02.2026 13:46

    'Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo 26.02.2026 06:58

    Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди

    AQSh prezidenti mojaroni tezroq yakunlash tarafdori ekanini bildirgan, Ukraina rahbari esa bu borada boshqacharoq fikr bildirgan.

    'Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 13:24

    Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin

    Илон Маск Мексика президентини наркокартеллар билан алоқадорликда айблаганидан кейин ҳукумат ҳуқуқий чоралар масаласини кўриб чиқмоқда.

    'Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 12:40

    Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi

    Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, uning qizi Kim Ju Ye raketa dasturi bilan bog‘liq yuqori lavozimni egallagan va harbiylarga ko‘rsatmalar bermoqda.