AsosiyJamiyat

Toshkentda Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Toshkentda Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi'ning rasmi

28 noyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Soat 11:10 atrofida Abdulla Qodiriy ko‘chasida 1994 yilda tug‘ilgan Onix haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetki qismida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. To‘qnashuvdan so‘ng u Nexia-3 va Cobalt avtomashinalari bilan ham to‘qnashdi.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar