AsosiyDunyo

Janubiy-sharqiy Osiyoda kuchli yomg‘irlar 4 millionga yaqin aholiga talafot yetkazdi.

Indoneziya, Malayziya va Tailandda bir hafta davom etgan shiddatli yomg‘irlar, shamol va ko‘chkilar oqibatida kamida 600 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, millionlab odamlar esa uy-joysiz qoldi.

'Janubiy-sharqiy Osiyoda kuchli yomg‘irlar 4 millionga yaqin aholiga talafot yetkazdi.'ning rasmi

Malakka bo‘g‘ozi atrofida shakllangan noyob tropik bo‘ron mintaqada katta vayronagarchilikka sabab bo‘ldi. Qutqaruvchilar ayrim suv bosgan hududlarga hanoz yetib borolmayapti — yo‘llar yopilgan, infratuzilma shikastlangan.

Eng og‘ir holat Tailand janubida kuzatilib, qariyb 3 million kishi jabrlangan. Indoneziyaning G‘arbiy Sumatrasida esa toshqin 1,1 milliondan ortiq aholini zararlantirgan.

Mamlakatda halok bo‘lganlar soni 435 nafarga yetdi, 406 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmayapti. Qutqaruv guruhlari vertolyotlar yordamida yo‘l orqali kirib bo‘lmaydigan manzillarga yordam yetkazmoqda.

Tailand sog‘liqni saqlash vazirligi esa halok bo‘lganlar soni 170 nafarga yetganini ma’lum qilgan. Songxla viloyati eng ko‘p talafot qayd etilgan hudud bo‘lib, Hat Yayida bir sutkada 335 mm yog‘ingarchilik — oxirgi 300 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich — kuzatilgan.

Malayziyada esa 18,7 mingga yaqin odam evakuatsiya markazlarida qolmoqda. Meteorologlar bo‘ron havfi pasayganini, yaqin kunlarda ob-havo barqarorlashayotganini qayd etmoqda.

Shuningdek, Bengal ko‘rfazi bo‘ylab joylashgan Shri-Lankada siklok oqibatida 153 kishi halok bo‘lgan, 191 nafar bedarak yo‘qolgan va yarim milliondan ortiq aholi jabrlangan.

    Boshqa yangiliklar