AsosiyJamiyat

Toshkentda "stoyanshchik" mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

'Toshkentda "stoyanshchik" mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

28 noyabr kuni Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatda Poytaxt Parking inspektori Feruz Parmonov halok bo‘ldi. YXHB ma’lumotiga ko‘ra, soat 11:10 atrofida Onix haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan inspektorni urib yuborgan.

Zarba ta’sirida avtomobil avval o‘ng qatorda to‘xtab turgan Nexia-3 va Cobalt bilan to‘qnashgan, keyin esa yo‘lning katnov qismiga chiqib ketgan. Inspektor voqea joyida vafot etgani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Poytaxt Parking kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan ma’lumotlar tarqatilayotganidan tashvish bildirib, jamoatchilikni tergov yakunlarini kutishga va marhumning xotirasiga hurmat bilan yondashishga chaqirdi. Kompaniya tergov jarayonida tegishli organlarga to‘liq ko‘mak ko‘rsatayotganini ham ma’lum qildi.

“Feruz fidokor va mas’uliyatli xodim edi. Uning kutilmagan o‘limi butun jamoamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi”, — deyiladi kompaniya bayonotida

    Boshqa yangiliklar