AsosiyDunyo

Trump Maduroga Venezuelani tark etish uchun muhlat berdi

Lekin Oq uy Venesuela rahbarining zudlik bilan iste'fosida qat'iy pozitsiyani saqlab qolgan.

'Trump Maduroga Venezuelani tark etish uchun muhlat berdi'ning rasmi

21 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trump Venezuela prezidenti Nikolas Maduro bilan o‘tkazgan telefon mulogoti davomida unga oilasi bilan birgalikda mamlakatni tark etishi uchun juma kunigacha muddat berdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat 15 daqiqa davom etgan bo‘lib, Trump Maduroning ilgari surgan aksariyat takliflarini rad etgan. Shunga qaramay, AQSh rahbari unga oilasi bilan xavfsiz tarzda mamlakatdan chiqib ketish uchun bir haftalik imkon taqdim etishga rozilik bildirgan.

Belgilangan muddat 28 noyabr, juma kuni yakunlanganidan so‘ng, ertasi kuni — shanba kuni Venezuela havo hududi yopilganligi e’lon qilingan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Maduro vitse-prezident Delsi Rodrigesga yangi saylovlar jarayoni vaqtida muvaqqat ma’muriyatni boshqarish imkoniyatini taklif qilgan.

CNN ning yozishicha, Maduro o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini bildirgan, biroq buni darhol amalga oshirish mumkin emasligini, 18 oygacha muddat talab etilishini qayd etgan.

Telekanalning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylari orasida bu taklifni muqobil yechim sifatida ko‘ruvchilar bo‘lgan. Biroq Oq uy Venezuela rahbarining zudlik bilan iste’fosida qat’iy pozitsiyani saqlab qolgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Erkak oila qurishni taklif qilgan sevgilisini tiriklay yoqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:17

    Erkak oila qurishni taklif qilgan sevgilisini tiriklay yoqdi

    Бунинг сабаби сифатида у уйланган бўлганини кўрсатган.

    'Temur Kapadze “Navbahor”ga bosh murabbiy bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 01.12.2025 16:08

    Temur Kapadze “Navbahor”ga bosh murabbiy bo‘ldi

    Indoneziya terma jamoasi bilan muzokaralar olib borgan Temur Kapaдзе yakunda Oʻzbekistonda qolib, “Navbahor” klubi bilan shartnoma imzoladi.

    'Janubiy-sharqiy Osiyoda kuchli yomg‘irlar 4 millionga yaqin aholiga talafot yetkazdi.'ning rasmi

    Dunyo 01.12.2025 15:56

    Janubiy-sharqiy Osiyoda kuchli yomg‘irlar 4 millionga yaqin aholiga talafot yetkazdi.

    Indoneziya, Malayziya va Tailandda bir hafta davom etgan shiddatli yomg‘irlar, shamol va ko‘chkilar oqibatida kamida 600 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, millionlab odamlar esa uy-joysiz qoldi.

    'Мадуро АҚШ билан музокараларда истеъфога тайёрлигини билдирди'ning rasmi

    Dunyo 01.12.2025 14:57

    Мадуро АҚШ билан музокараларда истеъфога тайёрлигини билдирди

    Venesuela prezidenti norasmiy muzokaralar chog‘ida 18 oydan keyin lavozimini tark etish ehtimoli borligini aytdi.

    'Netanyahu Prezidentdan afv soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 01.12.2025 13:40

    Netanyahu Prezidentdan afv soʻradi

    Isroil Bosh vaziri davom etayotgan korrupsiya ishi bo‘yicha Prezidentdan afv etishni so‘radi.

    'Rossiyaning eng yangi "Sarmat" raketasi sinov chogʻida portladi'ning rasmi

    Dunyo 01.12.2025 08:44

    Rossiyaning eng yangi "Sarmat" raketasi sinov chogʻida portladi

    Orenburg yaqinidagi "Yasniy" bazasida sodir boʻlgan portlash Rossiyaning koʻp yillardan beri ishlab chiqayotgan "Sarmat" qitʼalararo raketasining navbatdagi muvaffaqiyatsiz sinovi ekani aytildi.