AsosiyJamiyat

Jizzaxda kuchli taʼsir qiluvchi 200 dan ortiq dori bilan qoʻlga olingan shaxs fosh qilindi

Dori-darmonlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

'Jizzaxda kuchli taʼsir qiluvchi 200 dan ortiq dori bilan qoʻlga olingan shaxs fosh qilindi'ning rasmi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Jizzax viloyati IIO xodimlari tomonidan Zargarlik mahallasida o‘tkazilgan tadbirda harakatlanayotgan fuqarodan jami 210 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi hujjatlashtirib olindi.

Tekshiruv jarayonida u mazkur dorilarni Toshkentda yashovchi “N.Q.”dan 2 million 240 ming so‘mga sotib olgani aniqlandi.

Shu bois poytaxtning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 40 yoshli N.Q. ichki ishlar bo‘limiga olib kelingib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

U mulogot chog‘ida 4 quti (jami 240 dona) kapsula ko‘rinishidagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib ketayotganini tan olgan.

    Boshqa yangiliklar