AsosiyJamiyat

O‘zbekiston 5 yil deganda birinchi marta Afg‘oniston bilan chegarani ochdi

Oʻzbekiston va Afgʻonistonni bogʻlovchi Termiz - Hayraton koʻprigi orqali fuqarolar uchun oʻtkazish punktlari qayta ish boshladi.

'O‘zbekiston 5 yil deganda birinchi marta Afg‘oniston bilan chegarani ochdi'ning rasmi

O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lovchi Termiz - Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolar uchun o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi. Bu haqda  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, viza olish talabi o‘z kuchida qoladi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda fuqarolarning bir davlatdan boshqasiga o‘tishi cheklangan, bu esa tadbirkorlarning Afg‘onistonga borishini ancha qiyinlashtirgan: Ayritomdan 75 km uzoklikda joylashgan Mozori Sharifga borish uchun (taxminan bir soatlik yo‘l) tadbirkorlar Tojikiston hududi orqali aylanib o‘tishga majbur bo‘lgan. Endilikda bu cheklovlar bekor qilinib, nazorat-o‘tkazish punkti yana ochildi.

"Chegarani kesib o‘tish tartibining tiklanishi eksportchilar uchun jiddiy qulayliklar yaratadi. So‘nggi yillarda Afg‘onistonga eksport hajmi barqaror o‘sib bormoqda, ayniqsa, ushbu yo‘lning ochilishi bilan 2026 yilda eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud," - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston bozorlariga chiqadigan o‘zbekistonlik tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

- Hayraton yoki Mozori Sharifda ombor ochgan tadbirkorlar uchun omborni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 100% qoplab beriladi.

- Mahsulotlarni Afg‘onistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari — to‘liq kompensatsiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar