AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

'Sirdaryodagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi'ning rasmi

29 nafar fuqaro jarohatlangani ma'lum qilindi. Hodisani o‘rganish uchun Bosh vazir o‘rinbosari O. Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Sirdaryoning Guliston shahri, "Taraqqiyot" MFY hududida joylashgan "Uz Bek Family" MChJga qarashli ovqatlanish shoxobchasida 2 dekabr kuni gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Portlash natijasida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, ularning uchtasi halok bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilishicha, jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmogda. Prezident topshirig‘i bilan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida tuzilgan hukumat komissiyasi hodisaning sabablarini o‘rganib, kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha choralar belgilaydi.

    Boshqa yangiliklar