AsosiyJamiyat

Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Janubiy Koreyada E-7 va E-9 vizalari bilan ishlayotganlar orasida norasmiy ishlarga o‘tib ketish holatlari ko‘paygani aytilmoqda.

'Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada E-7 va E-9 vizalari bilan ishlayotgan fuqarolar orasida norasmiy ishlarga o‘tib ketish holatlari ko‘payganini ma’lum qildi.

Bunday qonunbuzarliklar katta jarimalar, imtiyozlarni qaytarish va deportatsiya kabi og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda.

Agentlikka ko‘ra, joriy yilning o‘zida 20 nafar fuqaroga uch tomonlama shartnoma talablarini buzgani uchun 660 million so‘m miqdorida jarima qo‘llangan. Deportatsiya qilingan shaxslar esa davlat tomonidan berilgan barcha imtiyozlarni to‘liq qaytarib berishi shart bo‘ladi. Shuningdek, bunday fuqarolar 1 yil davomida xorijga tashkiliy tartibda yuborilmaydi.

Agentlik quyidagilarni eslatadi: ishdan bo‘shatilgan taqdirda fuqaro 1 oy ichida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, 3 oy muddatda esa yangi ish beruvchi topib, rasmiy shartnoma tuzishi shart. Aks holda katta jarima, noqonuniy maqom va deportatsiya xavfi yuzaga keladi.

Shartnomaviy tartib-qoidalarga ko‘ra, “ish joyini kelishmasdan tark etmaslik” — qat’iy talab. U buzilsa, javobgarlik muqarrar.

Shuningdek, SPAS bazasida turganlarga murojaat qilinmoqda: agar siz shartnoma olgan bo‘lsangiz, bu ish beruvchi tomonidan tanlanganigingizni anglatadi. “Sizni tanlatib beraman” deb pul talab qiluvchilar — firibgarlar. Bunday holatda 1282 raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Maslahat va murojaatlar uchun Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasiga murojaat qilish mumkin:

Seul shahri, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213, 1003.

Telefonlar: +82222851341, +82222851343, +821039871661

Email: info@migration.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoga katta rejalar bilan keldik — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:13

    Sirdaryoga katta rejalar bilan keldik — Prezident

    Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga tashrifi boshlandi. Safarning birinchi manzili "River Med Pharm" korxonasi bo‘ldi.

    'Havo tozaligini taʼminlash uchun qancha mablagʻ ajratilishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:29

    Havo tozaligini taʼminlash uchun qancha mablagʻ ajratilishi aytildi

    Oʻzbekistonda havo tozaligini taʼminlash uchun mablagʻlar Davlat maqsadli jamgʻarmasiga ekologik muammolarni hal qilish uchun ajratiladi.

    'Andijonda "tandirbuzar" hokim "hayfsan" oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:52

    Andijonda "tandirbuzar" hokim "hayfsan" oldi

    Avvalroq, Shahrixon tumanida hokim ko‘rsatmasiga asosan, ko‘chada somsa pishirilayotgan tandirlarga zarar yetkazilganligi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

    'Ziroat Mirziyoyeva 60 yoshni qarshi oladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Ziroat Mirziyoyeva 60 yoshni qarshi oladi

    Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bugun, 4 dekabr kuni 60 yoshni nishonlamoqda.

    'Shahzoda Muhammadovа “Imarat Development” bilan bog‘liq e‘tirozlarga munosabat izlab, mijozlar fikrini o‘rgandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:55

    Shahzoda Muhammadovа “Imarat Development” bilan bog‘liq e‘tirozlarga munosabat izlab, mijozlar fikrini o‘rgandi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Marat Xayrullayevich Hamdamov nomi bilan bog‘langan “Imarat Development” qurilish kompaniyasidan uy xarid qilgan fuqarolar pulini ololmayotgani haqidagi murojaatlar keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

    'Oʻzbekiston boʻylab 11 oyda 8,5 million litr sifat yoqilgʻi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:22

    Oʻzbekiston boʻylab 11 oyda 8,5 million litr sifat yoqilgʻi aniqlandi

    Tahlillar natijasida 23 ta holatda 306 ming litrdan ortiq yoqilg‘i davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi.