Prezidentimiz aholi va tadbirkorlarning fikrini o‘rganib, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimovni tavsiya etishga qaror qilganini qayd etdi.
"Xalqimiz yaxshi yashasin, farzandlari zamonaviy bilim va kasb egallasin, daromadi ko‘paysin deb harakat qilyapmiz. Men aminman, yana bir-ikki yil qattiq izlansak, Sirdaryoda juda katta o‘sish, rivojlanish bo‘ladi. Viloyatda mana shunday ishlarni tashkil qilish uchun qat’iyatli, talabchan, eng asosiysi, aholi va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga tezkor echim topadigan salohiyatli rahbar kerak", – dedi davlat rahbari.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Prezident aholi va tadbirkorlarning fikrini o‘rganib, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimovni tavsiya etishga qaror qilganini qayd etdi.
Viloyat faollarining fikrlari tinglanib, hokimni tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Hokim Sirdaryoni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini hayotga, aholi turmush tarziga ko‘chirib, viloyatni eng ilgor hududlardan biriga aylantirish uchun kelasi yil viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya kiritish, eksportni 500 million dollarga etkazish, 185 ming odamni band qilish bo‘yicha qattiq ishlashi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.






