Toshkent va Qohiradagi Milliy Interpol markazlari tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlar natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan va og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs aniqlandi. Qotil Arab Respublikasi Misrda yashirinib yurgan va sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochishga urilgan.
Xalqaro hamkorlik va tezkor ishlar orqali gumon qilinayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro shartnomalarga muvofiq deport qilindi. Ushbu holat O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xorijiy davlatlar bilan hamkorligini namoyon etadi.
O‘zbekiston hududida ushlangan shaxs sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida javob beradi. O‘zbekiston Milliy Interpol markazi jinoyatlar javobsiz qolmasligini va qonun buzuvchilar qat’iy javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.






