Federatsiyaning Eksport mahsulotlarini rivojlantirish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda chetga 154 million dollarlik makaron yetkazib berilgan.
Eksportning katta qismi an’anaviy ravishda qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri keladi. Belarus 35 foizlik ulush bilan yetakchilik qilib, yil boshidan beri Rossiyadan 54 million dollarlik makaron xarid qilgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 43 foiz ko‘p.
Qozog‘iston 36 million dollar bilan ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, O‘zbekiston 16 million dollarlik import hajmi bilan uchlikni yakunlagan. Mamlakat Rossiya makaronini xaridini o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga oshirgan.
Rossiya eksportida asosan qadoqlanmagan makaronlar yetakchilik qilmoqda — ular umumiy hajmning qariyb 63 foizini tashkil etadi. Tuxumsiz pishirilmagan makaron esa 32 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinda turadi.
Markaz rahbari Ilya Ilyushinning ta’kidlashicha, sobiq ittifoq davlatlarida makaron asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lib qolmoqda, bu esa Rossiya ishlab chiqarishining eksport salohiyatini kengaytirishda davom etmoqda.






