AsosiyJamiyat

Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo'lga olindi

Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m pul dalil sifatida davlat hisobiga o‘tkazilgan.

'Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo'lga olindi'ning rasmi

Shofirkon tumanida yashovchi 26 yoshli erkak uyida pullik xizmatlar uchun xona ajratgani anıqlanib, sud tomonidan jazoga tortildi.

Tezkor tadbir vaqtida u tanishlariga uyidagi xonani 200 ming so‘m evaziga bergani ma’lum bo‘lgan. Sud jarayonida erkak qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybini to‘liq tan olgan.

Shofirkon tuman sudining hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) bo‘yicha aybli deb topilib, 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m pul dalil sifatida davlat hisobiga o‘tkazilgan. Aybni tan olishi va pushaymonligi esa yengillashtiruvchi holat sifatida qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar