AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 11 oyda pora olgan 114 kishi qamaldi

Oliy sud maʼlumotiga koʻra, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida pora olish jinoyati boʻyicha 184 nafar shaxs sudlangan.

'O‘zbekistonda 11 oyda pora olgan 114 kishi qamaldi'ning rasmi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma'lum qilishicha, 2024 yil davomida pora olish bilan bog'liq jinoyatlar uchun 196 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.

Ularning 135 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan, 61 nafari esa jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki shartli hukm kabi yengilroq jazolar olgan.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida esa pora olish bilan ushlangan 184 nafar shaxs sudlangan. Sud hukmiga ko'ra, ularning 114 nafari ozodlikdan mahrum qilinib, 70 nafari ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarqa tortilgan.

Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasiga pora olish uchun BHMning 50 baravaridan 10 baravarigacha jarima, 2 yoki 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilaydi.

Agar jinoyat takroran, xavfli retsidivist tomonidan, ko'p yoki juda ko'p miqdorda, yoki guruh bo'lib sodir etilsa, ozodlikdan mahrum qilish muddati 5 yildan 15 yilgacha oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:49

    Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi

    Oltin medal tayyorlagan ustozlar uchun ham alohida rag‘bat puli belgilandi.

    'Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Koʻksaroyda daraxt ekdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Koʻksaroyda daraxt ekdi

    Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya do‘stlik va hamkorlik ramzini barpo etdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 21:34

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 20:29

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 19:43

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 17:38