AsosiyJamiyat

Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Vazirlik gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, cheklovlar esa vaqtinchalik ekanini ma’lum qildi.

'Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi'ning rasmi

Qo‘shni davlatdagi texnik nosozlik oqibatida O‘zbekistonga import qilinayotgan gaz miqdori qisqardi. Shu bois aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifaga aylantirildi.

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafikka muvofiq, metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi. Bu — uy xo‘jaliklarida va maktab, bog‘cha, shifoxona kabi muhim ob’ektlarda gaz bosimi pasayishining oldini olish uchun amalga oshirilgan choradir.

Vazirlik gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, cheklovlar esa vaqtinchalik ekanini ma’lum qildi. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 21:34

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 20:29

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 19:43

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 17:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 17:33

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 17:12