Belgiyada yashovchi 15 yoshli Loran Simons ikkinchi doktorlik darajasini qo‘lga kiritdi. U birinchi dissertatsiyasini 12 yoshida himoya qilgan. Hozirda Loran Myunxendagi Gelmgolts markazida uchinchi ilmiy darajasi ustida ishlamoqda, u tibbiyot va sun’iy intellekt uyg‘unligini o‘rganmoqda.
Lorunning oxirgi dissertatsiyasi nazariy kvant fizikasiga bag‘ishlangan, avval esa eksperimental fizika bo‘yicha himoya qilgan. Fotografik xotira va murakkab hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tezda aniqlish qobiliyati unga katta yordam beradi.
Ota-onalari so‘zlariga ko‘ra, Loran erta yoshdan g‘ayrioddiy qobiliyatlarini namoyon qilgan: 4 yoshida maktab, 6 yoshida gimnaziyaga kirgan, 9 yoshida universitetga qabul qilingan va 12 yoshida Maks Plank instituti tarixidagi eng yosh doktorant bo‘lgan.
Shuningdek, u Rim papasi bilan uchrashgan, Nobel mukofoti sovrindorlari bilan mulogot qilgan va dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida nutq so‘zlagan. Loran, shuningdek, kartingda uchish, do‘stlari bilan kinoga borish va videoo‘yinlar o‘ynashni ham yaxshi ko‘radi.






