AsosiyDunyo

Putin Ashxobodda Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Rossiya va Turkiya prezidentlari Turkmanistondagi xalqaro forum doirasida mulogot qildi.

'Putin Ashxobodda Erdo‘g‘an bilan uchrashdi'ning rasmi

12 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘gan Ashxobodda uchrashdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Tomonlar Turkmanistonda o‘tayotgan “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”, Xalqaro betaraflik kuni hamda mamakatga doimiy betaraflik maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan forumda ishtirok etish uchun Ashxobodda bo‘lib turibdi. Uchrashuv tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Erdo‘ganning avvalgi yuzma-yuz uchrashuvi sentyabr oyida Xitoyda, SHHT sammiti doirasida o‘tkazilgan edi. Noyabr oxirida esa ikki davlat rahbarlari telefon orqali Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan.

    Boshqa yangiliklar