Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirovning ta’kidlashicha, elektron retsept tizimini joriy etish kontrafakt dori vositalari savdosining oldini olish, shuningdek, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini samarali tekshirish imkoniyatini beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab O‘zbekistonda dori vositalari uchun maxsus raqamli markirovka tizimi joriy etilgan. Mamlakatga olib kirilayotgan barcha dori vositalari bojxona o‘tish jarayonida, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarining har bir upakovkasiga alohida raqamli identifikatsion kod qo‘yiladi.
Ushbu kodlar orqali dori vositalarining butun harakat yo‘li — ishlab chiqaruvchidan ulgurji savdo bo‘g‘iniga, undan dorixonalargacha bo‘lgan jarayon Soliq qo‘mitasi tomonidan onlayn tarzda nazorat qilib boriladi. Natijada qaysi dori vositasidir qayerda joylashgani, qaysi dorixonada yoki ishlab chiqaruvchi omborida turganini aniq ko‘rish imkoniyati mavjud.
Elektron retsept tizimi joriy etilishi orqali ushbu dori vositasining qaysi bemorga berilgani ham anidlanadi. Agar dori vositasidir nojo‘ya ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, uni tekshirish va sabablarini anidlash imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga, kontrafakt dori vositalariga elektron retsept yozilmaydi. Bu esa bunday dori vositalarining aylanmasini cheklab, ularga bo‘lgan talabni yo‘qqa chiqaradi va bozor orqali sotilishining oldini oladi.






