AsosiyJamiyat

Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

14 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qildi.

'Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

O'zgidrometning xabar berishicha, 14 dekabr kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, kechga tomon yomg'ir yog'adi. G'arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 13-15 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lib, tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo'ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 1-6, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'ib, tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo'ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo'ladi. 

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'ib, tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi. 

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi, ayrim joylarda kuchayishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog'li hududlarida qor ko'chishi havfi bor. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo'ladi. 

    Boshqa yangiliklar