Davlat xavfsizlik xizmatining bergan xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor xodimi noqonuniy ravishda 400 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Aniqlanishicha, u xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroning 20 ming AQSh dollarini deklaratsiyasiz tarzda "Sariosiyo" chegarа bojxona posti orqali Tojikistonga o‘tkazib berishni va’da qilgan.
Shuningdek, DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanlardan birining Kadastr bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroning oziq-ovqat do‘koni oldiga qurilgan bostirma uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga pora talab qilgani va 3 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. U mazkur xizmat uchun jami 5 mln so‘m so‘ragani aniqlangan.
Bundan tashqari, “Hududiy elektр tarmoqlari” AJ “Energosa vdo” filiali Namangan bo‘linmasining Kosonsoy tumani yuriskonsulti ham 2 ming AQSh dollarini olayotgan chog‘ida ushlangan. U fuqaroning yashash xonadonida elektр tarmog‘iga noqonuniy ulanish bo‘yicha rasmiylashtirilgan 28,6 mln so‘mlik jarimani elektron tizimga kiritmasdan bekor qilib berishni va’da qilgan. Mazkur holatlar yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.






