AsosiyJamiyat

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Fohishaxonani bir ayol va erkak tashkil etgani ma'lum bo'ldi.

'Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi'ning rasmi

Qarshi shahrida o‘tkazilgan maxsus reyd natijasida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi. Ushbu fohishaxonani bir ayol va bir erkak tashkil etgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyda gumonlanayotgan 1995 yilda tug‘ilgan erkak javobgarlikdan qochish maqsadida huquq-tartibot xodimlariga bir necha bor 2 ming dollar miqdorida pora taklif qilgan. U ogohlantirishlarga qaramay bu harakatini davom ettirgan.

Maxsus tadbir vaqtida u poraning bir qismi va ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Unga nisbatan qo‘shimcha jinoyat ishi ham ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar