AsosiyJamiyat

Янги йил муносабати билан пойтахтнинг бир қатор кўчаларида ҳаракат вақтинча чекланади

Bayramda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida harakat to‘xtatiladigan ko‘chalar nomi e’lon qilindi.

'Янги йил муносабати билан пойтахтнинг бир қатор кўчаларида ҳаракат вақтинча чекланади'ning rasmi

Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, ularni yuqori saviyada o‘tkazish hamda aholi xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrining ayrim hududlarida transport harakatiga vaqtincha cheklovlar o‘rnatiladi.

2025 yilning 15 dekabridan 2026 yilning 15 yanvarigacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida:

Zarafshon ko‘chasining «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

Istiqlol ko‘chasining A.Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha.

2025 yil 17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida:

Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha,

Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.

Barcha haydovchilardan o‘z yo‘nalishlarini ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda rejalashtirish tavsiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar