AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqaro gazdan noqonuniy foydalanib, davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.

Ushbu fuqaro xonadonida issiqxona tashkil qilib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

'Samarqandda fuqaro gazdan noqonuniy foydalanib, davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.'ning rasmi

Bu haqda “O‘zenergoinspektsiya” axborot xizmati xabar berdi. Unda qayd etilishicha, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan galdag nazorat tadbirida yana bir noqonuniy holat fosh etildi.

Unga ko‘ra, Past Dar‘gom tumanida yashovchi fuqaro R.A. o‘z xonadoni hududida issiqxona tashkil etgan va u bunda loyiha-texnika hujjatlari va shartnomalarni rasmiylashtirmasdan, hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib kelgan.

Gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, usbu qoidabuzarlik natijasida 1 milliard 239 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan usbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar