AsosiyJamiyat

Qoʻqonlik tabib yana sudga berildi

Xalq orasida tabib sifatida tanilgan Iqbol Soliyev xalq tabobati bilan shugʻullanish qoidalarini buzgani uchun takroran sudga tortildi.

'Qoʻqonlik tabib yana sudga berildi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati IIM matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyevning faoliyati o‘rganilganda, uning O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnomasi 2024 yil dekabr oyida muddati tugagani aniqlandi. Shunga qaramay, u tabiblik faoliyatini davom ettirib, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar joylab kelgan.

Avvalroq, 2025 yil 10 yanvar kuni sud tomonidan unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-5-moddasi 1-qismi bilan 7,5 million so‘m jarima jazosi tayinlangan hamda rasmiy ogohlantirilgan.

Biroq huquqbuzarlik takroran sodir etilgani sababli, 27 noyabr kuni unga nisbatan mazkur moddaning 3-qismi bilan yana ma’muriy bayonnama rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan. Ushbu holat 8,2 million so‘mdan 12,3 million so‘mgacha jarima yoki 15 kungacha ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov bunday "tabiblar"ga qiziqish aholining tibbiy madaniyati yetarli emasligi bilan bog‘liqligini ta’kidlab, tibbiy xizmatlar sifat oshsa, bunday holatlar o‘z-o‘zidan barham topishini qayd etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:35

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Poytaxtda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:29

    Poytaxtda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi.

    'Rossiyada 15 yoshli o‘quvchi 10 yoshli tojikistonlik bolani pichoqlab o‘ldirdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:18

    Rossiyada 15 yoshli o‘quvchi 10 yoshli tojikistonlik bolani pichoqlab o‘ldirdi.

    Ҳолат юзасидан ҳуқуқ-тартибот органлари томонидан тергов ишлари олиб борилмоқда.

    'Pora evaziga qamoqxonaga telefon olib kirgan xodim qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:42

    Pora evaziga qamoqxonaga telefon olib kirgan xodim qo‘lga olindi

    Markaziy tergov hibsxonasi xodimi 25 million so‘m evaziga mahbusga uyali telefon olib kirib bergani uchun ushlandi.

    'Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:46

    Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    Rossiyada ekstremizm va terrorizmga aloqador deb topilgan shaxslarning moliyaviy operatsiyalari keskin cheklanadi.

    'Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta'lim bergan erkak ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:37

    Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta'lim bergan erkak ushlandi

    Namangan shahrida bolalarga ruxsatsiz diniy ta'lim berib kelgan 31 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.