AsosiyJamiyat

Yunonistonda muhojirlar qayig'i cho'kib ketdi

Крит ороли яқинида ноқонуний мигрантлар бўлган қайиқ ҳалокатга учраши оқибатида камида 14 нафар Миср фуқароси ҳалок бўлди.

'Yunonistonda muhojirlar qayig'i cho'kib ketdi'ning rasmi

TRT World xabariga ko‘ra, hodisa 2025 yil 7 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Misr Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qayiq qo‘shni davlatlardan biridan Gretsiya tomon yo‘l olgan bo‘lib, bortida turli millatlarga mansub 34 nafar noqonuniy migrant bo‘lgan. Ularning kamida 14 nafari Misr fuqarolari ekani aniqlandi.

Vazirlik Gretsiya rasmiylari bilan hamkorlikda qutqarilganlarga yordam ko‘rsatish va halok bo‘lgan misrliklarning jasadlarini vatanga qaytarish ishlarini jadallashtirganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Misr fuqarolari noqonuniy migratsiya tarmoqlariga ishonmaslikka va hayotlarini havf ostiga qo‘ymaslikka chaqirilgan.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqiga kirish darvozalaridan biri hisoblangan Krit oroliga yetib borish uchun migrantlar ko‘pincha Liviya va boshqa qo‘shni davlatlardan tranzit hudud sifatida foydalanadi. Iyul oyida Gretsiya hukumati Liviyadan Kritga kelgan migrantlar uchun boshpana arizalarini vaqtincha to‘xtatgan edi.

    Boshqa yangiliklar