AsosiyDunyo

Mayamida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari alohida muzokaralar o'tkazadi

Ukraina va Rossiya vakillari AQShda urushni to‘xtatish masalasini muhokama qilish uchun keladi, ammo uch tomonlama uchrashuv rejalashtirilmagan.

'Mayamida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari alohida muzokaralar o'tkazadi'ning rasmi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov boshchiligidagi delegatsiya urushni to‘xtatish rejasini muhokama qilish uchun AQShga boradi. Bu haqda 18 dekabr kuni Axios nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haftaning oxirida Ukraina delegatsiyasi Mayami shahrida AQSh prezidenti Donald Trumpning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda uning kuyovi Jared Kushner bilan uchrashadi. Prezident Vladimir Zelenskiy ham ukrain delegatsiyasining AQShga jo‘nab ketganini tasdiqlagan, biroq uning aniq tarkibini ochiqlamagan. Shu bilan birga, muzokaralarda Yevropa davlatlari vakillari ham ishtirok etishi mumkinligi aytilgan.

Avvalroq Politico nashri 20–21 dekabr kunlari Mayamiga Rossiya delegatsiyasi ham kelishi kutilayotganini yozgan edi. Unga Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev boshchilik qiladi. Rossiya delegatsiyasi ham Uitkoff va Kushner bilan alohida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Axios manbalariga ko‘ra, hozircha AQSh, Ukraina va Rossiya ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilmagan.

Qayd etilishicha, 14–15 dekabr kunlari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Berlinda Ukraina hamda qator Yevropa davlatlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Ushbu uchrashuvlar yakunida AQSh tomoni urush yakunlangan taqdirda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishga tayyor ekanini bildirgan, ammo hududiy yon bosish masalasi ochiq qolgan.

Shuningdek, dekabr oyi boshida Uitkoff va Kushner Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashuv o‘tkazgan, biroq muzokaralar tafsilotlari oshkor qilinmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Россия урушга 200 дан ортиқ ҳиндистонликни ёллагани айтилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:55

    Россия урушга 200 дан ортиқ ҳиндистонликни ёллагани айтилди

    Hindiston hukumat maʼlumotiga koʻra, Ukrainaga qarshi janglarda kamida 26 nafar Hindiston fuqarosi halok boʻlgan, yana 7 nafari bedarak yoʻqolgan.

    'To‘qayev Qozog‘istonning yadroviy quroldan voz kechish sababini izohladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:06

    To‘qayev Qozog‘istonning yadroviy quroldan voz kechish sababini izohladi

    Qozog‘iston prezidenti yadroviy arsenaldan voz kechish zaiflik emas, balki tinchlik va global xavfsizlikka sadoqat ekanini ta’kidladi.

    'Kam taʼminlangan oilalarga dekabr oyi uchun nafaqa va moddiy yordam pullari moliyalashtirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:01

    Kam taʼminlangan oilalarga dekabr oyi uchun nafaqa va moddiy yordam pullari moliyalashtirildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025 yil dekabr oyi uchun 573,5 mingta kam taʼminlangan oilaga 312,6 mlrd soʻm ajratildi.

    'Россияда ўлдирилган 10 ёшли Қобилжон Тожикистонга дафн этилади'ning rasmi

    Dunyo 18.12.2025 13:37

    Россияда ўлдирилган 10 ёшли Қобилжон Тожикистонга дафн этилади

    Москва яқинидаги мактабда пичоқлаб ўлдирилган 10 ёшли тожикистонлик боланинг жасади ватанига юборилади.

    'Endi tibbiyot xodimlariga hujum qilganlar 12 yilgacha qamaladi'ning rasmi

    Dunyo 17.12.2025 17:46

    Endi tibbiyot xodimlariga hujum qilganlar 12 yilgacha qamaladi

    Qozog‘istonda ushbu qonun bir qator shov-shuvli voqealaridan so‘ng qabul qilindi.

    'Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov'ning rasmi

    Dunyo 17.12.2025 14:44

    Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov

    Prezident mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgani va davlat qarzi keskin kamayganini ma’lum qildi.