Rossiya Federatsiya xavfsizlik xizmati (FSB) Rostov viloyati boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi "sodir etmoqchi bo‘lgan terrorchilik hujumining" oldi olinganini ma’lum qildi.
FSB ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar Rossiya va bir qator mamlakatlarda taqiqlangan "Islom davlati" (ID, IShID) terrorchilik tashkiloti tarafdorlari bo‘lib, urchalasi ham og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tamoqda. Ulardan biri qotillik, ikkinchisi giyohvand moddalar savdosi, uchinchisi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ta’kidlanishicha, gumondorlar "muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi" bo‘lgan. Ulara batafsil harakat rejasini ishlab chiqqani, ammo uni amalga oshirishga ulgurmaganlari aytilmogda. Tintuv chog‘ida ulardan terrorchilik tashkiloti bayrog‘i tasviri tushirilgan mato bo‘laklari va tig‘ topilgan.
Terrorchilik hujumiga suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyiy ish qo‘zg‘atilgan.






