AsosiyDunyo

Putin va Makron mulogotga tayyorligini bildirdi

Россия президенти Владимир Путин Франция раҳбари Эммануэль Макрон билан тўғридан тўғри суҳбатга тайёр.

'Putin va Makron mulogotga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

Dmitriy Peskovning aytishicha, Makron Putin bilan muloqot qilishga tayyor ekanini bildirgan. Shu munosabat bilan u Rossiya prezidentining avval ham bevosita dialogga ochiq ekanini ta'kidlagan. Peskov fikricha, agar o'zaro siyosiy iroda mavjud bo'lsa, bunday aloqalarni faqat ijobiy holat sifatida baholash mumkin.

Oradan bir necha soat o'tib, Frantsiya prezidenti ma'muriyati Moskvaning muloqotga tayyorligini olqishlab, yaqin kunlarda keyingi qadamlar bo'yicha qaror qabul qilinishi mumkinligini ma'lum qildi. Shu bilan birga, Yelisey saroyi Rossiya bilan bo'ladigan har qanday muzokaralar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa ittifoqchilari uchun to'liq shaffoflik asosida o'tkazilishi kerakligini qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, Makron 19 dekabr kuni Putin bilan suhbat Yevropa xavfsizligi uchun foydali bo'lishi mumkinligini aytgan edi. Iyul oyida esa ikki davlat rahbari uch yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qilib, Ukraynadagi vaziyat va Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qilgan.

    Boshqa yangiliklar